“Oybek va Nigora” dueti

Bugungi kunda “Oybek va Nigora” dueti o‘zbek estradasining eng talabgir xonandalaridan hisoblanadi.

Yakkaxon ijrochilar — Oybek va Nigoradan tarkib topgan duet
ular Yosh ijrochilar tanlovida
g‘olib bo‘lishganidan so‘ng
tuzilgan. Duet birinchi qo‘shig‘i
“Izlayman” kompozitsiyadir.

Rustam Qosimjonov

O‘zbek shaxmatchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, shaxmat o‘yinlari bo‘yicha jahon va Osiyo chempioni, jahon chempionatlari g‘olibi, Butunjahon shaxmat Olimpiadasining bronza medal sovrindori, xalqaro grossmeyster.

2001-yilda dunyoning eng kuchli 10 shaxmatchisi qatoridan o‘rin olganda, Qosimjonov eng yuqori koeffitsiyent — Elo (2706)ga ega bo‘ldi.

Tohir Sodiqov

Afsonaviy “Bolalar” guruhining solisti, 25 yildan buyon gastrollarda beradigan barcha konsertlari anshlag darajasida o‘tgan.

“Nihol” Davlat mukofoti sovrindori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, 2008-yilda Music and TV awards mukofotining “Yilning eng yaxshi qo‘shiqchisi” nominatsiyasiga sazovor bo‘lgan, “Osiyo ovozi” va “Sharq bozori” musiqiy tanlovlarining hurmatli mehmoni.

Rashid Xoliqov

Rashid Xoliqov 7 yoshligidan musiqaga juda qiziqqan va pianino chalishni o‘rgangan.

“Chorsu” nomli guruh bilan (“Shahzod” guruhining avvalgi nomi) 2ta musiqiy albom chiqargan va undan keyin “Shahzod” guruhi bilan yana 13 ta albom chiqargan.

Sardor Rahimxon

Lirik bariton sohibi. “Sezam”, “Navro‘z”, “Oriat Dono” radiolari, “O‘zbekiston” va “Yoshlar” telekanallarida boshlovchilik qilgan.

2005-yildan qo‘shiq kuylashni boshlagan. 2008-yilda birinchi yakkaxon konsertini taqdim etgan. 2009-yilda Dmitriy Malikov bilan katta shartnoma imzolagan.

“Bunyodkor” stadioni haqida savollaringizni yo‘llang

34 ming tomoshabin joylasha oladigan “Bunyodkor” stadioni 2013-yil 28-sentabr kuni, o‘zbek futbolining 100 yilligi arafasida ochilgan. 56 gektar hududda yettita zamonaviy maydon, bolalar futbol maktabi, “Budnyodkor” klubi muzeyi va boshqa inshootlar joylashgan.

Mirzahakim To‘xtamirzayev

1992-yildan buyon O‘zbekiston MTRKda futbol musobaqalari sharhlovchisi, O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti “Televideniye va radioeshittirish” kafedrasi dotsenti, Roman Turpishchev nomidagi “Eng yaxshi sharhlovchi” respublika mukofoti sohibi.

Zarina Nizamutdinova

16 yoshida “Yo‘l bo‘lsin” filmida bosh qahramon rolini ijro etgan. Ushbu film 2007-yilda Qozog‘istondagi “Yevrosiyo” kinofestivalida “Eng yaxshi rejissorlik ishi” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Ayub Shahobiddinovning 2012-yilda suratga olingan “Parizod” filmidagi roli bilan faxrlanadi va uni o‘zining eng taniqli rollaridan biri deb hisoblaydi.

Ziyoda

Ziyoda to‘rt albom uchun 60 dan
ortiq qo‘shiq yaratgan: “Yuragimsan”,
“Super kelinchak”, “Dilda baxt to‘la”
va “Sodda qiz”.

Shuningdek Ziyoda bir qator
filmlarda rollar ijro etgan: “Uchrashuv”, “Boyvachcha”, “Nortoy”, “Bekorchilar”, “Enagalar” va “Kichkina xo‘jayin”.

Umid Iskandarov

Kinodagi o‘z ijod yo‘lini 2009-yilda boshlagan. Bulardan eng mashhurlari “Qasd”, “Tuzoq”, “Arzanda”, “O‘yin ichida o‘yin”, “Burilish”, “Haqiqat kuni”, “Ming bir jon”, “Oqibat”, “Xiyonat”, “Bir soniya”, “Sevgi yo‘q”, “Inson qadri” filmlaridir.

Karen Gafurdjanov

Karen Gafurdjanov etno-pop uslubida o‘zbek, ingliz, rus va gruzin tillarida qo‘shiqlar ijro etadi.

U qo‘shiqlari va she’rlarini o‘z yaratadi, gitara, bas-gitara, sintezator, baraban, doira va rubob chaladi.

Comedy.uz

Bu NTT kanalida “stendap
komediya” janrida ijod
qiladigan birinchi jamoadir.

Comedy.uz’da Hasan
Va Husan, Qoshmaqom,
Olim aka, Va boshqalar,
Jabbor aka, Arsen,
Islom Ali va Rasul 24
faoliyat yuritadi.

Lola

Lola o‘zbek estradasida ismiga monand tarzda paydo bo‘ldi va musiqa olimpiga o‘zi bilan yangicha yo‘nalish olib keldi.

Lola o‘zining 27 yoshigacha 5 ta musiqiy albom chiqarishga, 5 ta filmda suratga tushishga, Rossiya estradasida Mayya taxallusi ostida ijod qilishga va turmush qurib, ikki farzandning onasi bo‘lishga ulgurdi.

Muhammad Ali Iskandarov

2009-yildan boshlab to bugungi kungacha “O‘yin ichida o‘yin”, “Baxt saroblari”, “Layloyimsan” va “Qasd” filmlarida suratga tushgan, 15 ta musiqiy kliplarga rejissorlik qilgan.

Ayni paytda nomi sir tutilayotgan bir kinofilm ustida ishlamoqda.

Sevara Soliyeva

Sevara – M&TVA 2012 mukofoti eng yaxshi aktrisasi. Hali yosh bo‘lishiga qaramay, allaqachon 15 ta filmda suratga tushib ulgurgan. Ulardan eng mashhur bo‘lganlari “Poyma-poy” va “Super qaynona”dir.